Jamiyat | 16:22 / 19.12.2015
8184
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: “Mordoviya-Arena” stadioni qurilishida O‘zbekistonning 650 fuqarosi yashamoqda

“Mordoviya-Arena” stadioni qurilishida O‘zbekistonning 650 fuqarosi yashamoqda. Bu haqda “ProGorod” portali xabar bermoqda.

17 dekabr kuni mahalliy uchun tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida “Kazan” ishlab chiqarish va qurilish birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari Leonid Shupletsov stadion qurilishida 1 150 kishi 3 navbatda ishlayotganini ta'kidlab o‘tdi. Quruvchilarning bari stadion hududida yashamoqda.

“Bu hokimiyatning qarori, negaki asosan O‘zbekiston vakillari mehnat qilmoqda – 650 kishi, - dedi Kazakov. – Yashash uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Obekt hududida birinchi ehtiyoj mollari sotadigan do‘kon va kassa avtomatlari bor”.
Qurilish ishlari grafikdan 10 oy ilgarilayotgani, 2017 yil dekabrida ishlar tugallanishi rejalashtirilgani ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish