09:37 / 19.12.2015
3335

Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest “Yulduzlar jangi” filmidagi imperiya askarlari bilan suratga tushdi

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest “Yulduzlar jangi” filmidagi imperiya shturmchi askarlari qahramonlari bilan suratga tushdi.

Bu haqda CNN jurnalisti Jim Akosta o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Ernestning o‘zi esa “ba'zida do‘stlaringni olib kelish foydali bo‘ladi”, deb o‘z tvitterida hazilomuz izoh qoldirdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obamaning Oq uyda bergan matbuot-anjumanidan keyin anjumanlar zaliga “Yulduzlar jangi” filmidagi imperiya askarlari kirib kelgani ma'lum qilingandi.

Top