19:36 / 19.12.2015
11120

Putin turk xalqi bilan munosabatlarni uzmoqchi emasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk xalqi bilan munosabatlarni uzmoqchi emasligini aytdi. Putin bu haqda “Rossiya 1” telekanalining “Miroporyadok” (“Dunyo tuzilishi”) hujjatli filmida bergan intervyusida aytdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Turkiya – bu Yevropa emas. Bu birinchidan. Ikkinchidan, bizda, men avval murojaatimda aytganimdek, hozir ham bu yerda yana takrorlamoqchiman, turk xalqini do‘stona xalq deb bilamiz va aynan turk xalqi bilan munosabatlarimizga barham berilishini istamaymiz”, deb aytdi Putin.

Putin, shuningdek, Turkiyaning amaldagi hukumati haqida gapira turib, “oy ostida hech narsa abadiy emas”, deb qo‘shimcha qildi.

Top