Jamiyat | 15:10 / 19.12.2015
6768
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisini do‘pposlagani muhokamalarga sabab bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati Uzunog‘och qishlog‘idagi maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 8-sinf o‘quvchisini kaltaklashda gumon qilinmoqda. Tarmoqqa chiqib ketgan videoda ko‘rinishicha, erkak bolaga “tarbiyaviy soat” o‘tish asnosida tarsakilarni ayamagan. KTK telekanalining xabar berishicha, voqea yuzasidan taftish olib borilmoqda.

Videorolik muhokamasi asnosida ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z noroziliklarini bildirishdi.Maktab xodimlari Zamir ismli direktor o‘rinbosarining bunday odati yo‘qligini, u har doim yaxshi xulq-atvor namoyon qilib kelganini ta'kidlashmoqda.

“Biz aniqlashtirmoqdamiz va albatta chora ko‘ramiz. Uni ishdan haydashimiz ham mumkin. O‘qituvchi o‘quvchiga qo‘l ko‘tarishga haqli emas. Bu barchaga tushunarli”, - dedi Jambul tumani maorif bo‘limi rahbarining o‘rinbosari Aytgul Medeuova.