Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Moskva va Vashington kelishib oladi
Rossiya va AQSh Nyu-Yorkda Suriya bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilishida hal qiluvchi rol o‘ynadi va ular kerakligida kelishib keta olishlarini ko‘rsatishdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
“Ikki tomon ham BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqishga ulkan hissa qo‘shdi. O‘ylashimcha, bu, oradagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, ikki tomon turli sohalarda milliy manfaatlarga egaligini va har qanday vaziyatda kelishib keta olishimizni ko‘rsatadi”, - dedi u Sergey Brilyovning “Vesti v subbotu” ko‘rsatuviga bergan intervyusida.