Jamiyat | 19:11 / 19.12.2015
5797
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik xonanda “Rublga Yangi yil murojaati”ni yo‘lladi

Rossiyalik xonanda Dmitriy Malikov rubl haqida qisqa qo‘shiq kuyladi. Ta'kidlanishicha, uning matni xonandaning Twitter’dagi mikroblogida ro‘y bergan muhokamalar ta'sirida yozilgan.
Malikovning tan olishicha, mikroblogda o‘zini maqtab xabar qoldirgan, bu tvit ma'qul kelgan obunachilar esa uni ushbu qo‘shiqni ijod qilishga ko‘ndirgan.
Qo‘shiqda san'atkor “hali qiyinroq, baxt oldinda” ekanligini ta'kidlaydi.
45 yoshli xonanda shu yilning noyabr oyida Twitter’da kutilmaganda mashhur bo‘lib ketdi.

Uning auditoriya bilan faol bahslar yuritishi, Rossiya OAVga tanqidiy yondashishi va mamlakatdagi vaziyatni sharhlab borishi foydalanuvchilarning diqqatini tortdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish