Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Bushni “toshday to‘mtoq” deb atadi
AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp o‘zining raqibi, sobiq prezident Jorj Bushning akasi Jyeb Bushni “toshday to‘mtoq” deb atadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozdi.
Las-Vegasda respublikachi nomzodlar uchrashuvida Jyeb Bush bilan keskin bahslarga kirishgan Tramp tadbirdan so‘ng internetda quyidagi mazmunda xabar qoldirdi:
“Jyeb Bush o‘zining nojoiz saylovoldi kampaniyasi tufayli o‘zi va oilasini kulgiga qo‘ydi. U o‘ziga sodiq qolishi lozim. Bizning mamlakatimizga kerak bo‘lgan oxirgi narsa yana bitta Bushdir! Toshday to‘mtoq!”.