Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hizbulloh” o‘z jangarisini Suriyada yo‘q etilganini tasdiqladi
“Hizbulloh” harakati vakillari Samir Kuntar ismli jangarisi halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Isroil hukumati Kuntarni “Hizbulloh” asirlarini ayirboshlash doirasida 2008 yilda ozod etilgan edi. O‘z navbatida, Kuntar Livanning “Falastin ozodlik milliy fronti” tashkilotining eng muhim shaxslaridan biri bo‘lib, “Hizbulloh” harakati va Bashar Asad tizimi bilan hamkorlik qilar edi.
Kuntar 1979 yilda Isroila terakt sodir etgan va uzoq vaqtdan buyon qamoqda saqlanar edi. Joriy yilning iyul oyida OAV uning halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tarqatgan edi.