Jamiyat | 13:17 / 20.12.2015
4300
1 daqiqa o‘qiladi

“MYu” afsonasi jamoada 500-o‘ynini o‘tkazgan Runiga o‘z qo‘llari bilan mukofot topshirdi

“Manchester Yunayted” afsonasi ser Bobbi Charlton klubda 500-o‘ynini o‘tkazgan jamoa sardori Ueyn Runiga mukofot topshirdi.

Futbol faxriysi 17-tur doirasida “Norvich”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan esdalik mukofotini topshirgan.

Ma'lumot uchun aytib o‘tish lozimki, Runi ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan o‘ninchi futbolchi bo‘ldi. Charlton va Giggzlar ham ushbu mukofotga o‘z vaqtida sazovar bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish