15:51 / 20.12.2015
2384

Air France samolyoti shubhali uskuna tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Mavrikiydan Parijga ketayotgan Air France kompaniyasi samolyoti bortda bombaga o‘xshagan predmet topilishi munosabati bilan Keniyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Voqea 20 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Noma'lum uskuna Boeing 777ning hojatxonasi ichidan topildi.

Samolyot Mombasa shahridagi Moi xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Uning bortidan 459 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan.
Voqea joyida mutaxassislar ishlamoqda.

Top