Jahon | 09:56 / 20.12.2015
1791
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada yo‘qolgan kemada bo‘lgan 4 kishi qutqarildi

Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinida o‘tkazilayotgan qutqaruv operatsiyasi davomida yo‘qolib qolgan kemadan 4 kishi tirik holda topildi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Bu haqda qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshqarayotgan Andi Sulton ma'lum qildi.

Uning aytishicha, bortida 108 yo‘lovchi va 10 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan kemaning o‘zi hali topilmagan.

Avvalroq aloqaga chiqmagan kema cho‘kmagani, balki motori ishlamay, yurmay qolgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish