Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada yo‘qolgan kemaning 20 dan ortiq yo‘lovchisi ochiq dengizda topildi
Indoneziyada 19 dekabrda yo‘qolib qolgan yo‘lovchi paromidan 20 dan ortiq yo‘lovchi Sulavesi oroli yaqinida ochiq dengizdan topildi.
“Suzish jiletlarini kiyib olgan 21 kishi dengizdan topildi. Biz ularni evakuatsiya qilamiz”, deb aytdi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlig‘i Roki Azikin. Uning aytishicha, kema to‘ntarilib, cho‘kib ketgan. Kamida ikki kishi halok bo‘lgan, ularning jasadi topilgan.
Avvalroq indoneziyalik baliqchilar kemaning 4 yo‘lovchisini, jumladan bir bolani topib, evakuatsiya qilganlar. Topilganlar baliqchilar buylariga tirmashibgina suv ustida qolishgan.
Bortida 100 dan ortiq odam bo‘lgan yo‘lovchi paromi bilan aloqa u Sulavesi oroli qirg‘oqlaridan 20 km uzoqlikda dengizda bo‘lganda uzilib qolgan. Janubiy Sulavesi viloyati politsiya komissari Frans Burangning ma'lum qilishicha, qutqaruv operatsiyasiga dengizdagi kuchli to‘lqinlanish xalaqit bermoqda. Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, kema bortida 94 nafar kattalar va 14 nafar bolalar bo‘lgan.