Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada bir kun davomida 150 dan ko‘proq o‘rmon yong‘ini qayd etildi
Ispaniyaning bir necha viloyatlarida 20 dekabrga o‘tar kechasi 150 dan ko‘proq o‘rmon yong‘ini qayd etildi, deb xabar bermoqda The Spain Report nashri.
19 dekabr kuni ertalab Asturiya viloyatida 18 ta yong‘in qayd etilgan, yakshanbaga o‘tar kechasi esa ularning soni 111 taga yetgan. Trevoga bo‘yicha barcha shoshilinch xizmatlar oyoqqa turg‘azildi. Mahalliy amaldorlarning aytishicha, bir vaqtning o‘zida shunday ko‘p sonda yong‘in chiqishi o‘t qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yong‘inlar, shuningdek, Bask yerlari, Kantabriya va Navarrada ham qayd etilgan. Bir necha aholi punkti aholisi evakuatsiya qilingan.
Hukumat fuqarolarni ehtimoliy o‘t qo‘yuvchilarni aniqlashga yordam beruvchi har qanday shubhali vaziyat haqida xabar berishga chaqirdi.