10:57 / 20.12.2015
3186

"PSJ" prezidenti: "Ronaldu bilan muzokara olib borganimiz yo‘q"

“PSJ” prezidenti Nosir al-Xelayfiy “Real Madrid” futbolchisi Krishtianu Ronalduning Parij klubigi o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Hozirgi vaqtda Ronaldu “Real” futbolchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi tugashiga 2 yarim yil bor. Florentino Peres bilan munosabatlarimiz yaxshi. Biz Krishtianu haqida hech qanday muzokara olib bormadik.

Albatta, Ronaldu ajoyib futbolchi. Biroq bizning jamoada ham kuchli futbolchilar bor. Misol uchun, Di Mariya. Men u ko‘rsatayotgan o‘yindan qoniqish hosil qilayapman”, – dedi Nosir al-Xelayfiy.

Top