Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Avakov va Saakashvili o‘rtasidagi mojaroni tragikomediya deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va Odessa gubernatori Mixail Saakashvili o‘rtasida kelib chiqqan mojaroni “tragikomediya” deb atadi.
Putin bu haqda Vladimir Solovevning “Miroporyadok” deb nomlangan hujjatli filmida aytib o‘tdi.
“Ular ruschada urishayotgani – yaxshi. Yaxshiyamki, gruzincha yoki osetinchada emas. Biroq bu kulgili, bu qandaydir tragikomediya”, deb aytdi Putin.
Bundan avval Avakov bir yig‘ilishda Saakashvili uni poraxo‘r deb atagani uchun uning yuziga suvi bor plastmass stakanni uloqtirgandi.