Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:09 / 20.12.2015
4125
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Iroqdan qo‘shinlar olib chiqilishi davom etayotganini ma'lum qildi
Turkiya Iroqning Naynavo viloyatidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni davom ettirmoqda, deb ma'lum qildi Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Xabarda ta'kidlanishicha, Turkiya Iroqning Boshiq shahriga qo‘shinlarini olib kirgani oqibatida ikki davlat o‘rtasida vujudga kelgan “tushunmovchilik”ni anglamoqda.
14 dekabrda turk harbiylari Iroqdagi pozitsiyalarini tark etishni boshlashdi.
Avvalroq Turkiya Iroqning shimolidagi Mosul yaqinida harbiy lager joylashtirgani ma'lum qilingandi.