Jahon | 18:35 / 20.12.2015
12317
1 daqiqa o‘qiladi

Volgograddagi ko‘p qavatli binoning portlashi oqibatida 36 xonadon vayron bo‘ldi

Rossiyaning Volgograd shahridagi ko‘p qavatli binolardan birida maishiy gaz uskunalarining ikki marotaba ketma-ket portlashi oqibatida binodagi 36 xonadon vayron bo‘lib, pastga quladi. Bu haqda shaharning Dzerjinskiy tumani rahbari Sergey Tatsiy “Rossiya 24” telekanali efirida xabar qilgan.

Ushbu halokat oqibatida 100 kishi boshpanasiz qolgan. Tatsiy shahar ma'muriyati ularga uy-joy taqdim etishi masalasini hal qilayotganini, bundan tashqari, uyda yonib ketgan hujjatlar operativ tartibda tiklanib berishini ma'lum qildi.
“Uy ekspertizasi o‘tkazilib, muhandislik qarorlari qabul qilinadi”, - qo‘shimcha qildi amaldor. Ayni paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Portlash oqibatida 1-qavatdan 9-qavatgacha bo‘lgan xonadonlar ustma-ust qulagani aytilmoqda.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, taftish va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Internetga voqea joyida olingan videolavha joylashtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish