Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zara, Mango va H&M brendlari Rossiyaning sanksiyalari tufayli Turkiyadagi faoliyatini to‘xtatishi mumkin
Zara, Mango va H&M brendlari Rossiyaning sanksiyalari tufayli Turkiyada kiyim tikishni vaqtinchalik to‘xtatishi mumkin. Bunday fikr Turkiyaning T24 kanali orqali berildi.
Telekanal axborotiga qaraganda, kompaniyalar mahalliy sheriklaridan kiyimlardan Made in Turkey yozuvini olib tashlashni talab qila boshlagan, negaki bu Rossiyaga mahsulot yetkazishda muammolar tug‘dirishi mumkin. Bu yozuv tufayli mahsulot go‘yoki nafaqat Turkiya, balki Yevropadagi omborxonalarda turib qolmoqda.
Yaqin payt ichida kompaniyalar Rossiya bozoriga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarishni Turkiyadan boshqa davlatlarga ko‘chirmoqchi. Keyinchalik ular butunlay Turkiyadan ketishi mumkin.