Sport | 18:01 / 20.12.2015
3698
1 daqiqa o‘qiladi

“Bavariya” yozda Anchelotti Gvardiola o‘rnini egallashini rasman tasdiqladi

“Bavariya” boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub bilan shartnomani uzaytirmasligini tasdiqladi.

Gvardiola mavsum oxirida jamoani tark etadi. Klubning yangi bosh murabbiyi lavozimini Karlo Anchelotti egallaydi.

“Biz Gvardioladan minnatdormiz. Xosep bilan joriy mavsumda hamda ko‘plab g‘alabalarni nishonlaymiz deb umid qilaman.

Anchelotti – “Bavariya” bilan ishlaydigan yana bir ajoyib murabbiy. Biz u bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz”, – dedi Rummenigge.

Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti “Bavariya” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish