18:36 / 21.12.2015
4106

Afg‘onistonda mototsikl boshqarib ketayotgan xudkush o‘zini o‘zi portlatib yubordi

Afg‘onistonda mototsikl boshqarib ketayotgan xudkush harbiy patrulga borib o‘zini urdi, buning natijasida portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Voqea Bagram aviabazasidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘lgan. Motosikl boshqarib ketayotgan notanish kimsa o‘zini amerikalik va afg‘onistonlik harbiylardan tuzilgan patrulga urgan va shu ondayoq portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Afg‘oniston hukumati bergan ma'lumotga ko‘ra, besh askar halok bo‘lgan, olti nafari esa yaralangan. Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning millati aniqlanmagan.

Bu voqeani “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan. Uning vakili bo‘lmish, Zabiulla Mujohidning aytishicha, bu voqea sabab 19 askar halok bo‘lgan. Faqatgina buni hukumat ma'lum qilishni istamayapti.

Top