16:35 / 21.12.2015
2303

AFP: Parijda Air France samolyotiga shubhali buyum o‘rnatgani gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

Air France aviakompaniyasining Mavrikiydan Parijga uchgan Boeing 777 rusumli samolyoti bilan ro‘y bergan hodisaga aloqadorligi yuzasidan 2 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Agence France-Presse xabar tarqatdi.

20 dekabr kuni Boeing 777 samolyotining hojatxonasi ichidan noma'lum uskuna topilgandi. Shundan so‘ng samolyot Keniyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Jiddiy tekshiruvlardan keyin ma'lum bo‘lishicha, bu shubhali buyum portlovchi qurilmaning qolipi edi.

Samolyot Mombasa shahridagi Moi xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Uning bortidan 459 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan.

Top