Jahon | 13:16 / 21.12.2015
2490
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi yadroviy kompleks turistlar uchun ochiladi

AQShdagi ekspluatatsiyadan chiqarilgan Xenford yadroviy kompleksi (Vashington) bazasida bog‘ yaratiladi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, keyingi yili uni ko‘rishga minglab turistlar tashrif buyuradi.

“Hammayoq tozalangan, mutlaqo bepul. Radiofaol moddalar uzoqda joylashgan”, — dedi AQSh energetika vazirligi vakili Kolin French.

Aytilishicha, turistlar radiofaol chiqindilar saqlanayotgan hududga kiritilmaydi. Bog‘da esa olimlarning ishini, 1945 yilda Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombasi yaratilishi tarixini ko‘rsatuvchi ekspozitsiya joylashtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish