Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi plyajda daniyalik shahzodani qutqarib qolishdi
Avstraliyaning Gold-Kost shaharchasining dengiz bo‘yidagi plyajlarida daniyalik shahzoda Krisitan cho‘kib ketishdan saqlab qolindi. Bu haqda Brisbane Times xabar tarqatgan.
Hodisa 17 dekabr, payshanba kuni, yosh shahzoda ota-onasi — valiahd Frederik hamda malika Meri bilan birga dam olayotgan Avstraliyaning Gold-Kost shahridagi plyajda ro‘y berdi. 10 yoshli shahzoda Kristianni to‘lqinlar qirg‘oqdan uzoqqa olib ketib qoldi, lekin buni payqagan qutqaruvchi Nik Malkolm shahzodaning oldiga suzib borib, uni sohilga qaytardi.
Ma'lum bo‘lishicha, Nik Malkolm o‘zi qutqarayotgan bolaning oliy martabali oila vakili ekanidan bexabar bo‘lgan. Yosh shahzodaning otasi Frederik unga shaxsan o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan.
Ayni vaqtda qirollik oilasi Gold-Kostda ta'tilni o‘tkazishmoqda.
Fredirikning rafiqasi Meri Datskaya esa Avstraliya fuqaroligiga ega.