Jahon | 22:57 / 21.12.2015
1953
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyadagi yo‘l transporti hodisasi natijasida olti kishi halok bo‘ldi, 46 kishi esa jabrlandi

Boliviya mahalliy politsiyasining xabar berishicha, avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi hamda boshqa bir avtobusning ag‘darilib ketishi natijasida olti kishi halok bo‘lgan va 46 kishi esa jabrlangan.

Hukumatning ma'lum qilishicha, ikkita halokat ham Kochabamba va Santa-Krus shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Avval avtobus ag‘darilib ketgan va 22 kishi jarohatlangan.

So‘ngra aynan shu yo‘lda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan va olti kishi halok bo‘lib, 24 kishi jarohatlangan, deb ma'lum qilmoqda ABI agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish