Jahon | 18:22 / 21.12.2015
5873
2 daqiqa o‘qiladi

Daily Sabah: Rossiyaning harbiy amaliyotlari Suriyadagi qon to‘kilishlarini to‘xtata olmaydi

Turkiya va Germaniya tomonining hisoblashicha, Rossiya tomonidan boshlangan harbiy kampaniya Suriyadagi qon to‘kilishlarini bartaraf eta olmaydi va aksincha hududdagi ziddiyatlarni kuchaytiradi. Bu haqda Germaniyaning Turkiyadagi elchisi Martin Erdmanga asoslanib, Daily Sabah nashri xabar tarqatgan.

Elchining intervyusida aytilishicha, rasmiy Berlin Rossiyaning Suriyaga kirib kelishini katta xavotir bilan kutib olgan va ruslarning bosh maqsadi IShIDga qarshi kurash emas. U shuningdek, Suriyadagi inqiroz barcha tomonlar, shu jumladan Rossiya ishtirokidagi muhokamalar vositasida hal qilinishi kerak.

Erdmanning aytishicha, Anqara va Berlinning Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar bo‘yicha qarashlari umumiy. Uning aytishicha, o‘tgan oyda Turkiya va Rossiya munosabatlarining buzilishi ortidan nafaqat Germaniya, balki NATOning barcha a'zolari Turkiyani yoqlab chiqadi.

Nemis elchisining qayd etishicha, zamonaviy dunyoda faqat NATOgina siyosiy nizolar qarshisida "qoya kabi qalqon kabi tura oladi" va Moskva faqat qurolli kuchlariga tayanib, Suriyadagi muammoni hal qila olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish