20:37 / 21.12.2015
3033

Dell kompaniyasi har o‘ninchi xodimini bo‘shatdi

Dell kompaniyasi xususiylashtirilgandan keyin ish o‘rinlarini saqlab qolishga va'da berganiga qaramasdan, 2015 yil ichida 10 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatdi.

Kompaniya AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga yuborgan o‘z faoliyati haqidagi hisobotga ko‘ra, 2015 moliyaviy yil (yanvarda yopilgan) oxiriga kompaniyada to‘liq kun ishlaydigan xodimlar soni 98,3 ming kishini, bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 108,3 ming kishini tashkil qilgan. Qisqartirishlar sababi keltirilmagan.

“Biz bir necha murakkab qarorlar qabul qildik, ular orasida ish o‘rinlarini qisqartirish ham bor edi. Men aytganimdek, bunday vaziyatlarda qisqartirilgan xodimlar haqidagi ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlash maqsadida, biz ularning soni, bo‘linmalar va vakolatxonalar haqida ma'lumotlar bermaymiz”, deb aytdi kompaniya vakili Devid Frink Austin Business Journal nashriga.

Kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Maykl Dell va uning investitsion hamkori Silver Lake Lake Partners kompaniyasi Dell aksiyalarini 2013 yilda sotib olayotib kompaniya xodimlari sonini qisqartirmasligini aytgan. Ularning o‘z qarorlarini o‘zgartirishga nima sabab bo‘lgani noma'lum. Bunga past moliyaviy ko‘rsatkichlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli bor.

Top