Sport | 12:27 / 21.12.2015
4673
2 daqiqa o‘qiladi

Felipe Melu «Latsio»ga qarshi o‘yinda raqibning bo‘yniga tovoni bilan zarba berdi

Italiyaning «Inter» jamoasi Roberto Manchini A seriyaning 17-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi uchrashuvda (1:2), barcha aybni qizil kartochka olib maydonni tark etgan yarimhimoyachi Felipe Meluga yuklab qo‘yish noto‘g‘ri ekanini bildirdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu braziliyalik futbolchining mavsum boshidan buyon ilk muvaffaqiyatsiz o‘yini ekan.

«O‘yin tugashiga juda kam vaqt qolgandi. Shuning uchun uning qizil kartochka olishi hal qiluvchi vaziyat bo‘ldi deb hisoblamayman. Har bir chiziqdagi futbolchi xatoga yo‘l qo‘ydi. Shuning uchun barcha aybni Felipe Meluga yuklab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu uning dastlabki muvaffaqiyatsiz o‘yini bo‘ldi. Melu «Inter»ga mos yuqori saviyali futbolchi bo‘lib qolaveradi», dedi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» va «Latsio» jamoalari uchrashuvining 90-daqiqasida Felipu Melu raqib futbolchisi Lukas Bigliyaning oyog‘iga zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan siylangan va maydonni tark etgandi.