11:30 / 21.12.2015
3498

Futbolchi Gvardiolaga Noyyerni o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynatib ko‘rishni taklif qildi

Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Olaf Ton mavsum oxirida jamoani tark etadigan Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Xosep Gvardiola biz hattoki o‘ylab ham ko‘rmagan pozitsiyalar bo‘yicha revolyutsiyalarni amalga oshirdi. U Jyerom Boatengni rivojlantirdi. Filipp Lamning funksiyalarini oshirdi – endi u o‘ng qanot vingeri, Rafinyani chap tarafga joylashtirdi. U faqat Manuel Noyyerni o‘ng qanotga qo‘yishi qoldi. Gvardiolaning qarorlarida mumkin bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Gvardiolaning o‘rnini egallaydigan murabbiyga oson bo‘lmaydi. Pep bu yerga Yupp Xaynkesning o‘rniga kelgandi. Natijada u uchta sovrin yutdi va xalqaro musobaqani yutmaganiga qaramay, jamoaning o‘sishini ta'minlay oldi», deya Tonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.

Top