Jahon | 22:40 / 21.12.2015
2999
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil va AQSh raketaga qarshi hujum tizimini sinovdan o‘tkazishni yakunladi

Isroil mudofaa vazirligi raketaga qarshi hujum tizimi “Devid Sling”ni sinovdan o‘tkazishni yakunlaganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“Yakuniy sarhad” deb nomlangan sinov AQShning raketaga qarshi mudofaa agentligi bilan birga o‘tkazildi. Sinov davomida tizim barcha nishonlarni aniqladi va bartaraf etdi.

Ta'kidlanishicha, tizimdan maqsad asosan Livan hududidan “Hizbulloh” guruhi tomonidan Isroilga yo‘llanadigan o‘rta uzoqlikdagi raketalarni ushlash va yo‘q qilish hisoblanadi.

Avvalroq Isroil shimoli raketadan o‘qqa tutilgani ma'lum bo‘lgandi. Taxminlarcha, raketalar Livan hududidan yo‘llangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish