Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jangarilar Suriyadan shialarni evakuatsiya qilish ishini to‘xtatib qo‘yishdi
“Daysh al-Fath” guruhi jangarilari Suriyaning shimoli-g‘arbidagi ikki shia tumanida yashovchi tinch aholini evakuatsiya qilish jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangarilar Suriya qo‘shinlari bilan tuzilgan mahalliy tinchlik kelishuvini buzib, al-Fua va Kifraya aholi turar-joylarini o‘qqa tutdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi yaralandi.
20 dekabrdan shialar istiqomat qiluvchi bir qancha tumanlar aholisi evakuatsiya qilinishi aytilgan edi. Xalqaro qizil yarim oy jamiyati 380 kishini urush hududidan olib chiqishni rejalashtirayotgan edi. Ular Bayrut va Damashqqa yuborilishi lozim edi.