Jahon | 08:59 / 21.12.2015
2862
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada mudofaa vaziri Iroqqa rejadan tashqari safar bilan keldi

Kanada mudofaa vaziri Xarjit Sajan Iroqqa rejadan tashqari safar bilan keldi, deb xabar bermoqda CP24.

Ta'kidlanishicha, kurd OAVlari ma'lumotlariga ko‘ra, vazir butun kunni Erbil shahrida o‘tkazgan.

Ma'lum qilinishicha, Sajanning Iroqqa nima uchun kelgani noma'lum, biroq Erbilda u kurd hukumati vakillari bilan uchrashgan.

Oktyabr oxirida Kanadaning yangi bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat harbiy-havo kuchlarining IShIDga qarshi harbiy operatsiyada ishtirokini tugatmoqchi ekanligini aytgan.
Ta'kidlanishicha, Tryudo bu qarorning amalga oshirilishi muddatlari va bundan keyin Kanadaga koalitsiyada qanday rol berilishi haqida hech narsa aytmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish