Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Suriyada 9 nafar rossiyalik halok bo‘lgani haqidagi xabarni inkor qildi
Kreml Suriyada 9 nafar rossiyalik halok bo‘lgani haqidagi xabarni tarqatmagan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Biz bunday axborot tarqatmaganmiz. Bu haqda tarqalgan xabar hech qanday manbaga asoslanmagan. Shunday ekan, bu haqda ortiqcha to‘xtalmagan ma'qul", deydi u The Wall Street Journal nashrida Bashar Asad armiyasi safida jang qilayotgan rossiyalik harbiylarning halokati haqidagi xabarga munosabat bildira turib.
"Rossiya Suriya hududida xalqaro normalar bo‘yicha harbiy amaliyot o‘tkazmoqda", degan u jurnalistning Rossiya HHK tomonidan taqiqlangan bombalar qo‘llanayotgani haqdagi savoliga javob berib.