22:49 / 21.12.2015
3168

Misr chempioni hakamlikka norozilik belgisi sifatida chempionatdagi ishtirokini to‘xtatadi

Misr futbolidagi yetakchi jamoalardan biri "Zamalek" nohaq hakamlikka qarshi norozilik belgisi sifatida chempionatdan chiqib ketishini e'lon qildi.

20 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi tur bahsida «Zamalek» safarda "El-Geysh"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu o‘yinda hakam Maxmud Al Banna mehmonlar darvozasi tomon 2ta shubhali penalti belgilagan.

"Zamalek" jamoasi vakillarining ta'kidlashicha, jamoa bu o‘yinga ushbu hakamning tayinlanishiga qarshi bo‘lgan. Shunga qaramay, Misr futbol federatsiyasi hakamni o‘zgartirmagan. Klub federatsiyani o‘ziga qarshi ishlashda ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Zamalek" Misrning amaldagi chempioni hisoblanadi. Ayni paytda "Zamalek" 6ta o‘yindan so‘ng 13 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Ulardan 2ta o‘yin ko‘p o‘tkazgan "El-Dakliya" 20 ochko bilan jadvalni boshqarmoqda.

Top