15:56 / 21.12.2015
5821

Nazarboyev Rossiya va Qozog‘iston munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya bilan munosabatlar haqida fikr bildirdi. Uning Moskvada I darajali Sergiy Radonejskiy nomli orden bilan taqdirlanish marosimida Qozog‘iston yetakchisi Rossiya bilan munosabatlar sherikchilik ruhida rivojlanayotganidan mamnun ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bizning munosabatlarimiz asrlar mobaynida do‘stlik, qo‘shnichilik, hamkorlik ruhiga yo‘g‘rilgan edi, qiyin kunlarda birga bo‘lgan edik. Mustaqillik yillarida ham biz shu pozitsiyada turdik. Rossiyaning bizning buyuk qo‘shnimiz, ittifoqchimiz, barcha ishlarimizda sherik. Biz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini kelajakka qarash uchun yaratdik. Kelajak esa integratsiyaga bog‘liq”, — deya ta'kidladi Oq O‘rda rahbari.

Top