Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Farg‘ona vodiysida fosh etilgan radikallar guruhi bilan bog‘liq ish tafsilotlarini yozib chiqishdi
Mahalliy OAV yaqinda Farg‘ona vodiysida fosh etilgan radikallar guruhi bilan bog‘liq ish tafsilotlarini yozib chiqishdi. Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi 18-30 yoshdagi shaxslardan iborat guruh a'zolari 6 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Mahalliy matbuotda yozilishicha, Ashurali To‘rayev va Azizbek Yo‘ldoshev ismli shaxslar mahalliy ekstremistik guruhni yaratib, har juma kuni Qopchig‘ay qishlog‘ida yig‘inlar o‘tkazib turgan. Guruh a'zolari ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib, shu yo‘l bilan o‘z saflariga yoshlarni jalb qilishga uringan.
Guruhning a'zolaridan biri Hasanjon Karimov tanishi Davron Bo‘tayev bilan birga Tinchlik qishlog‘ida yashovchi Abdulahad Umarovning uyiga borib, u yerda internet orqali Suriyada olingan videomateriallar bilan tanishib borishgan. Ular birgalikda diniy ta'lim olishga kelishib olishgan.
“Sekin-astalik bilan bu diniy mashg‘ulotlar haftalik yig‘inlarga aylanib, ularda mamlakatda konstitutsion tuzumni o‘zgartirish va xalifalik qurish bo‘yicha rejalar tuzilgan”, - xulosa qilinadi gazetalarda.