Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:49 / 21.12.2015
5365
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Iroq armiyasi yaqin soatlarda IShID nazoratidagi Ar-Ramadiy shahriga hujum boshlaydi
Iroq harbiylari yaqin soatlarda IShID jangarilari tomonidan bosib olingan Ar-Ramadiy shahriga hujum boshlaydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda davlat televideniyesi armiya rahbariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Avvalroq harbiy samolyotlar Ar-Ramadiyga aholining 72 soat ichida shaharni tark etishi iltimosi bildirilgan broshyuralarni tashlagani ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish