23:38 / 21.12.2015
5912

Obama: Tramp tashvishlanayotgan amerikaliklardan “foydalanmoqda”

AQSh prezidenti Barak Obama prezident lavozimiga nomzod Donald Tramp iqtisodiy pasayish tufayli stressga uchrayotgan amerikaliklardan “foydalanmoqda”, deb aytdi. Obama bu haqda NPR radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.

Obamaning fikricha, iqtisodiy va demografik o‘zgarishlar AQSh aholisining ba'zi guruhlari o‘rtasida qo‘rquv va mavhumlikni keltirib chiqardi.

“Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlardan hammadan ko‘proq ishchi sinfi jabr ko‘rdi, chunki ular endi zavodda ishlab, oilani boqa olishga yetadigan yetarlicha maosh ololmaydilar”, deb aytdi Obama va Tramp bundan o‘zining saylovoldi kampaniyasida foydalanayotganini qo‘shimcha qildi.

Top