10:29 / 21.12.2015
3445

Yuridik klinika NNTlar uchun bepul yuridik konsultativ xizmat taklif etmoqda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Yuridik klinikasi 2016 yilda bepul yuridik konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha arizalar qabul qilishni boshladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmatining xabar qilishicha, xizmatlar Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan tuzilgan bitim asosida yil davomida doimiy ravishda, Yuridik klinika malakali murabbiylarining nazorati ostida volontyorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, nodavlat notijorat tashkilotlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatida yuzaga kelgan yuridik muammolarga yechim topishda ko‘maklashish va yurtimizdagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.

Hamkorlikdan manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi havola orqali anketa to‘ldirishlari mumkinligi ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyida fuqarolarga ijtimoiy-mehnat sohasiga oid bepul yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yuridik klinikasi ish boshlagan edi.

Top