10:52 / 21.12.2015
3724

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida KXDRni mag‘lub etdi

Dubayda o‘zining ikkinchi yig‘inini boshlagan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘in davomidagi ilk nazorat uchrashuvida KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Samvel Babayan murabbiyligidagi olimpiya terma jamoasi ushbu o‘yinda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘FF axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 dekabr kuni Suriya, 27 dekabr kuni esa Qatar olimpiya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.

Dubay, BAA.

20 dekbr.

O‘zbekiston (U23) – KXDR (U23) – 4:2

Gollar: Igor Sergeyev (27, penalti, 40), Husniddin G‘ofurov (53), Ikrom Aliboyev (79).

O‘zbekiston U23: Abdumavlon Abdujalilov (Asilbek Omonov, 46), Akrom Komilov, Javlon Mirabdullayev, Maksimilian Fomin (Doston Tursunov, 80), Muhsinjon Ubaydullayev, Javohir Sohibov (Quvondiq Ro‘ziyev, 60), Otabek Shukurov (Abdulloh Olimov, 75), Doston Hamdamov (Husniddin G‘ofurov, 30), Jamshid Iskanderov (s) (Ikrom Aliboyev, 56), Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov, 63), Igor Sergeyev (Jasur Hakimov, 57,), (Jahongir Abdumo‘minov, 70).

Top