21:43 / 21.12.2015
3589

Platini: «Mening futboldan chetlatilishim - haqiqiy masxarabozlik»

UYeFA prezidenti Mishel Platini o‘zining FIFA etika qo‘mitasi tomonidan 8 yilga futbol faoliyatidan chetlatilgani haqidagi qarorga munosabat bildirdi.

«Bu haqiqiy masxarabozlik va qonuniyligi shubhali bo‘lgan iflos qaror bo‘ldi.

Sport arbitraj sudidan tashqari men fuqarolik sudiga ham murojaat qilaman. Mazkur ish ortidan o‘tgan haftada ko‘rgan zararimni qoplashga erishmoqchiman. Men bu ishni boshlayman», – deydi Platini.

Top