19:56 / 21.12.2015
7791

Putin: Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlar ikki davlat iqtisodiyotlariga zarbadan qutulib qolishga imkon berdi

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi avvalgi kelishuvlar jahon kon'yunkturasi (narx-navo) oqibatida vujudga kelgan kuchli zarbadan qutulib qolishga imkon berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

“Ishonchim komilki, agar bizda biz avval kelishib olgan va bugun ishlayotganlarimizning barchasi bo‘lmaganda, unda bizning iqtisodiyotlarga zarba bugundagidan ancha kuchliroq bo‘lardi”, deb aytdi Putin.

“Bizning strategik hamkorligimiz jahon iqtisodiyotidagi ma'lum murakkabliklarga qaramasdan izchillik bilan rivojlanmoqda va bu bizlardagi o‘sishda o‘z aksini topmoqda”, deb aytdi Putin. Putin Rossiya va Qozog‘iston bojxona qoidalari va texnik tartibga solishni yaqinlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ta'kidlab o‘tdi. “Bularning barchasi ijobiy samara bermay qolmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Putin.

Top