Sport | 15:57 / 21.12.2015
10330
2 daqiqa o‘qiladi

«River Pleyt» prezidenti: Messi o‘z goli uchun uzr so‘radi, muxlislar esa ahmoqlik qilishdi

«River Pleyt» prezidenti Rodolfo D'Onofrio Tokio aeroportida argentinalik muxlislar tomonidan Lionel Messi va uning jamoadoshlariga nisbatan amalga oshirilgan nojo‘ya xatti-harakat borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

U muxlislarning harakatini keskin tanqid ostiga olgan.

«Ahmoqlar hamisha va hamma joyda topiladi. Messi esa haqiqiy jyentlmen. U gol urgach, darhol qo‘lini uzr so‘rash ma'nosida yuqori ko‘tardi. U bilan gaplashganimda, u bolaligida bizning jamoamizda o‘ynamoqchi bo‘lgani haqida aytib bergandi», deydi Rodolfo D'Onofrio.

«Barselona» 20 dekabr kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Argentinaning «River Pleyt» jamoasi bilan uchrashdi va 3:0 hisobida g‘alaba qildi.
O‘yindagi gollardan biri argentinalik hujumchi Lionel Messi hisobiga yozildi.

Kataloniyaliklar Yaponiyadan qaytishda, Tokio aeroportida «River Pleyt» muxlislari hujumiga uchrashdi. Argentinalik muxlislar «Barselona» futbolchilarini haqorat qilishgan va Lionel Messiga qarata tupurishgan.

Tortishuv «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike va «River Pleyt» jamoasining sobiq futbolchisi Xaver Maskerano aralashuvi evaziga to‘xtatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish