Jahon | 17:28 / 21.12.2015
2482
2 daqiqa o‘qiladi

Spiegel: Germaniyadan qochqinlarning deport qilinishi hajmi 3 marta ortdi

Germaniyadan qochqinlarning chiqarib yuborilishi holatlari bu yilda 2014 yildagiga qaraganda 3 barobar ortgan. Bu haqda Der Spiegel xabar tarqatdi.

Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning boshidan buyon noyabr oyi oxirigacha mamlakatga kelgan qochqinlarning 18 ming nafardan ortig‘i ortga qaytarib yuborilgan. Qayd etilishicha, Bavariya yerida 2015 yilning 11 oyi davomida boshpana so‘rab kelganlardan 3,6 ming nafari orqaga qaytarilgan. O‘tgan yilda bu hududdagi ko‘rsatkichlar 1 mingdan ortiqni tashkil qilgandi.

Gessen yerida esa 2,3 ming nafardan ortiq qochqin deportatsiya qilingan. Bu esa o‘tgan yildagidan 2 barobar ko‘proq.

Faqatgina Tyuringiya yerida bu borada o‘sish emas, pasayish kuzatildi (152 nafarga).

Maqola muallifining yozishicha, mamlakatda qochqinlar miqdorini kamaytirish uchun qat'iy choralar ko‘rildi. Nashrning yozishicha, o‘tgan vaqt davomida Germaniyaga 1 milliondan ortiq qochqin kirib keldi.

Bundan oldinroq, Garmaniya kansleri Angela Merkel mamlakatga qochqinlar kirib kelishi miqdori keskin kamaytirilishi haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish