Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tolibon" Afg‘oniston janubidagi Sangin shahrini egalladi
“Tolibon” guruhi jangarilari 21 dekabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston janubida, G‘ilmon viloyatining Sangin tumanini egallab oldi. Bu haqda RIA Novosti Xitoyning Sinxua agentligiga asoslanib xabar berdi.
“Tunda, hukumat qo‘shinlari bilan bo‘lib o‘tgan shafqatsiz janglardan keyin "Tolibon" shahar markazidagi ma'muriyat binosini egallab oldi”, — deb xabar bergan vaziyat bilan tanish bo‘lgan mahalliy fuqaro.
Axborot agentligi xabariga ko‘ra, hukumat qo‘shinlarida tungi jang vaqtida qurol-aslaha yetishmovchiligi va havo harbiy kuchlari yordamiga katta ehtiyoj bo‘lgan.
O‘tgan haftaning juma kuni ham Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatining Xanshin tumanida hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” orasida janglar bo‘lib o‘tgandi.
Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda anchagina yomonlashgan. Avval mamlakatning tog‘li hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan “Tolibon” yirik shaharlarga hujum qilishni boshlagan. Sentyabr oxirida “Tolibon” jangarilari 300 mingdan ko‘proq aholiga ega Qunduz shahrini bosib olgan, hozirda esa G‘azna viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan G‘azna shahriga hujumlar olib bormoqda.