15:12 / 21.12.2015
5521

Turkiya savdo vaziri: Anqara va Moskva munosabatlaridagi ixtilof mart oyida bartaraf etiladi

Rossiyaning Su-24 samolyotining urib tushirilishidan so‘ng Anqara va Moskva munosabatlarida yuzaga kelgan keskinlik keyingi yilning mart oyida bartaraf etiladi. Bunga Turkiya savdo va bojxona vaziri Byulent Tyufekchi bayonot berdi.

“Biz qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz, Rossiya va Turkiya xalqlari zarar ko‘rmasligi uchun. O‘ylashimizcha, inqiroz uzoq davom etmaydi, fevral yo martda keskinlik yo zaiflashadi, yo to‘xtaydi”, — dedi u Habertürk gazetasiga bergan intervyusida.

Top