Jahon | 14:23 / 21.12.2015
3855
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShdan Tayvanga qurol-aslaha sotmaslikni so‘radi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh Bosh kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali suhbati chog‘ida AQSh Xitoy tomonining asosiy manfaatlarini hurmat qilishi kerakligini ta'kidladi, deya xabar bermoqda Reuters.

«AQSh hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvni istasa XXRning asosiy manfaatlarini alohida ahamiyat kasb etuvchi masalalarini hurmat qilishi kerak», — deyiladi bayonotda.

Manbada yozilishicha, Xitoy vakili Kerri bilan suhbatda shuningdek Tayvanga qurol sotishni va Janubiy dengiz hududiga o‘z samolyotlari va kemalarini kiritishni to‘xtatishini ham so‘ragan.

Oldinroq, rasmiy Oq uy Tayvanga 1,8 mlrd dollar miqdoridagi qurol-aslaha sotish uchun rozilik bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish