O‘zbekiston | 22:08 / 22.12.2015
3981
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zAgroImport” O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportini yo‘lga qo‘yadi

2016 yilda “O‘zAgroImport” kompaniyasi Rossiya, Belarus va Qozog‘istonga 2 mln tonna mahsulot (sabzavot, meva, quruq mevalar va kompot aralashmalari, yong‘oqlar) yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston agrar tarmog‘ining mahsulotini Rossiyaga bevosita eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi “O‘zAgroImport” kompaniyasi Moskvada joriy yilning iyunida ro‘yxatdan o‘tgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi 5 yil ichida poliz-sabzavot o‘simliklari va kartoshka maydonlari 19 foizga oshirildi, bog‘ va uzumzorlar maydoni esa 11 foizga kengaytirildi. Ayni paytda sug‘oriladigan barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining 20 foizi meva-sabzavot mahsulotini yetishtirish uchun ishlatiladi, bu tarmoqning qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 41 foizdan ko‘proqni, qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportida 43,4 foizni tashkil qiladi. 2015 yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 15,5 mln tonnani tashkil qildi. Meva-sabzavot mahsuloti eksporti oxirgi 5 yil ichida 400 ming tonnadan 700 ming tonnagacha, pul ko‘rinishida esa 18 barobarga oshgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish