20:49 / 22.12.2015
2812

Anchelotti: Mourino futbolchilarda g‘alabalarga ishtiyoq uyg‘ota olmagani uchun iste'foga chiqarildi

2016 yilning yozida "Bavariya" jamoasi boshqaruviga keladigan Karlo Anchelotti "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino nega iste'foga chiqarilgani haqida fikr bildirib o‘tdi.

"Murabbiy har doim muvozanatni saqlab turishi lozim. Ayniqsa ishlar yaxshi kechmayotganda bunga intilish kerak.

Aynan shu sababli ham Mourino jazosini oldi. Jamoa mavsumni o‘tgan yilgidek boshlay olmadi. O‘tgan mavsum ularda o‘zlarini ko‘rsatish shashti baland edi. Bu yil esa aksincha, ishtiyoq yetishmadi", - deydi Anchelotti.

Top