23:03 / 22.12.2015
20790

AQShda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritildi

AQSh hukumati Rossiya qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabarida aytilmoqda.

Yangi ro‘yxatga 34 nafar jismoniy va yuridik shaxslar kiritildi.

Sanktsiyalar ostiga VTB va Sberbank banlarining xorijdagi sho‘'ba bo‘limlari va nodavlat pensiya jamg‘armalari, “Gals-Development” qurilish kompaniyasi, Novikombank, “Aviapriborostroyeniye” konserni, “Sovremennyye texnologii”, Birlashgan dvigatel quruvchi korporatsiya, “Oboronprom”, “Aviatsionnoye oborudovaniye”, SPLAV ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasi, “Rosoboroneksport”, “Massandra” vinochilik kompaniyasi, Yalta kinostudiyasi va boshqalar tushdi.

Top