12:43 / 22.12.2015
2923

AS: Anchelotti "Bavariya"ga Levandovskini "Real"ga sotmaslik talabini qo‘ygan

Levandovski Myunxenning "Bavariya" klubidan Madridning "Real" jamoasi safiga o‘tish ehtimoli juda katta so‘roq ostida qolmoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real"ning sobiq murabbiyi va "Bavariya"ni yangi mavsumda boshqara boshlaydigan mutaxassis Karlo Anchelotti myunxenliklar rahbariyati bilan shartnoma tuzishdan avval ularga jamoaning asosiy hujumchisi, polshalik Robert Levandovskini "Real"ga sotmaslik shartini qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, matbuotda bir necha marta "Real"ning Levandovskini sotib olishi haqida xabarlar berilgandi.

27 yoshli futbolchining o‘zi esa bunday xabarlarga izoh bermagan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Levandovski bundesliganing 16 o‘yinida maydonga tushib, 15ta gol urdi. U shuningdek, "Bavariya" uchun YeChL guruh bahslarida 7ta gol urgan.

Top